-
Bizning tariximiz
40-sonli IBMM ixtisoslashtirilgan bog’cha-maktab majmuasi 1991 yil Farg’ona mexanika zavodi qoshida ochilgan. 1991 yilda bolalar bog’chasi qoshida 1 ta 25 nafar o’quvchidan iborat 1- sinf ochildi. Bugungi kunda muassasada 37 ta sinf mavjud bo’lib, unda 1070 nafar o’quvchi bilim olmoqda, bolalar bog’chasida 310 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Ta’lim bosqichma-bosqich tashkillangan:
1-bosqich - bolalar bog’chasi 3-7 yosh
2-bosqich - boshlang’ich ta’lim 1-4 sinf
3-bosqich - o’rta talim 5-9 sinf40-sonli IBMM nomli ixtisoslashtirilgan bolalar bog’chasi-maktab majmuasining tarbiyaviy tizimi vazifasi.
40-sonli IBMM tizimida tarbiyani biz mustaqil tarzda emas, balki turli pedagogik faoliyatga xos vazifasi sifatida nazarda tutganmiz. Biz o’ylaymizki, bolalar bilan olib borilgan intellektual, mehnat, bo’sh vaqtni o’tkazish bilan bog’liq ijtimoiy faoliyat tarbiyaga xos bo’lishi kerak. O’qimasdan tarbiyalab, tarbiyalamasdan o’qitib bo’lmaydi. Bir xil narsalar inson hayotida ham yaxshilik, ham yomonlik bo’lmasligini tarbiyalanuvchiga tushuntirish kerak.
TA’LIM TIZIMINING G’OYALARI1. O’quv-tarbiyaviy jarayonga gumanistik pedagogika tamoyillarini tadbiq etish, bolaga individual munosabatda bo’lish. Ta’lim muassasasida faoliyat ko’rsatish uchun ijodiy muhit yaratish.
2. O’quvchilarning barkamol bo’lib tarbiyalanishlarida tarbiyaning yuksak cho’qqilariga erishish.
3. Ta’limda interfaol usullardan samarali foydalanish.
4. O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini inobatga olgan holda ma’lumotlar bankini yaratish. Bunda o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorlik tizimini rivojlantirish.
5. Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida o’quv dasturlari bo’yicha monitoring ishlarini olib borish.
6. O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida to’garaklar, sinfdan tashqari tadbirlar, ko’rgazmalar, tanlovlar, fandrayzing tadbirlarini muntazam tashkillab borish.
Ta’lim tizimi maqsadi – tarbiyaning gumanistik tizimini yaratish, bola shaxsini shakllantirishda umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalash, shaxs barkamolligiga erishish, iste’dod va qobiliyat kabi xususiyatlarni rivojlantirish, ijodiy faoliyat yuritishga yo’naltirish.Ta’lim vazifalari:
1. Ta’lim samaradorligini oshirish, bunda o’quv jarayoniga ilmiy yondashish.
2. O’quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish, dars jarayonida tarqatma materiallardan, tayanch jadvallardan, ko’rgazmali qurollardan, TKV lardan, testlar bankidan, internet resurslardan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.
3. O’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashga e’tiborni qaratish. Bunda to’garak ishlari, o’quvchilarga tavsiyalar berish tizimini takomillashtirish.
4. O’quvchilarning ijodiy shakllanishi uchun sharoit yaratish.
5. O’quvchilarning o’quv dasturlari bo’yicha chuqurroq bilimga ega bo’lishlari uchun ijodiy mihit yaratish. Ta’lim-tarbiya jarayonida yuqori natijalarga erishgan o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini rag’batlantirib borish.
6. Tarbiyaviy yo’nalishda olib borilayotgan ishlarning natijaviyligiga e’tibor qaratish.
7. Ilmiy-metodik kengash faoliyatini takomillashtirish. Bunda bugun yaxshi ishlab, ertaga yaxshi natijaga erishish.
8. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
9. O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish:
Muassasada 65 ta fan to’garagi faoliyat ko’rsatadi. Davomat 100% - 1070 nafar o’quvchi turli xil to’garaklarga jalb qilingan.
-
- Bosh sahifa
- Direktor bilan suhbat
- Biz haqimizda
- Bizning tariximiz
- Voqealar
- Ustav
- Yangiliklar
- Bizning hamkasblarimiz
- Vasiylik kengashi
- Ma'naviy-ma'rifiy ishlar
- Metodik ishlar to'plami
- Bizning o’quvchilarimiz
- To'garaklar
- Ota-onalar uchun
- Kitoblar
- Ko’rik-tanlov va proektlar
- Bolalar bogchasi
- Rasm galereyasi
- Muloqot
- Bizga yozing
- Sayt Haritasi
