Hayriya aksiyasi tugadi
Nogironlar kuni arafasida 40 nafar o’quvchilarimiz nogironlar bolalar uyiga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish uchun borishdi.
Har yili an’anaga aylangan “Mening sevimli o’yinchog’im” aksiyasida maktabimizning hamma o’quvchilari ishtirok etadi.
Bu tadbir bolalarda mehribonlik, hamdardlik hislarini tarbiyalaydi.
Aqlan va jismonan zaif bolalarni ko’rgan o’quvchilar ularning dardlariga befarq bo’lib qolmadilar. Biz o’ylaymizki keyinchalik bunday tadbirlarda faqat bizning maktabimiz o’quvchilari qatnashmay, balki boshqa maktab o’quvchilari ham qo’shiladilar.
3 dekabr kuni 9-sinf o’quvchilari sinf rahbari Tojiboyeva Y.S., MMIBDO’ lari Yusupova L.T., Garipova G.N.lar hamda mahalla maslahatchisi Dadaboyeva Gilosxon opa bilan birgalikda mahallada yashovchi nogironlarni uyiga tashrif buyurishdi.

Mahallada yashovchi nogironlarni holidan xabar olgan o’quvchilar ular yolg’iz emasligini, ulardan doimo xabar olib turishlarini aytib kayfiyatlarini ko’tardilar.