-
Voqealar
Fevral – Matematika va informatika oyligi 01.02.2012 10:15
Fevral - Matematika va informatika oyligi
Mahalla qo`mitasi vakillarining qizlar bilan suhbati 26.01.2012 10:24
Bizning maktabimizda 26- yanvar kuni "Shodiyona"mahalla qo'mitasining vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ma'naviy ishlar bo'yich vakili Yuldasheva Fotima 7-9 sinf o'quvchilari bilan uchrashdi. U o'z suhbatida oilaning har bir o'quvchi hayotidagi o'rni, sharq qizining qanday bo'lishi kerakligi, qizlarning uchki go'zalligi, kattalarga hurmatda bo'lish va milliy an'analarimizni e'zozlash kabi mavzular haqida gapirdi.Shuningdek, erta turmushga yo'l qo'ymaslik, bizning yurtimizda o'rta maxsus va oliy ma'lumotga ega bo'lish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida to'xtalib o'tdi.U shahrimizning ba'zi maktablarining 8-9 sinf qizlari o'rtasida xomiladorlik holatlari qayd etilganligi va bunday erta yoshda xomiladorlikka yo'l qo'ymaslik kerakligini ta'kidlab o'tdi. Fotolavha
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasinio`rganish 26.01.2012 10:23
26- yanvarda ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rin bosari Ataboyeva Z.B. sinf rahbarlari yig'ilishini o'tkazdi. Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O'zbekistonni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasini ota-onalar va o'quvchilar o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borishlari uchun sinf rahbarlarini to'liq tanishtirdi. 26- yanvarda maktabimizda ota-onalar majlislari o'tkazildi. Yig'ilish kun tartibiga kiritilgan birinchi savol bo'yicha ota-onalar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O'zbekistonni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasini o'rganib chiqildi. Fotolavha
“Qanday ajoyib bu ertaklar” 26.01.2012 10:21
26.01.12 "Qanday ajoyib bu ertaklar" mavzusida 4- sinflar o'rtasida viktorina o'tkazildi. "Fan bo'yicha ertaklarni top", " Rasmlardan ertaklarni top", "Ifodali o'qish tanlovi" va boshqa tanlovlarda o'quvchilar faol qatnashdilar.Tadbirlarni Hasanova N. A. ,Sharipova R.R. ,kutubxonachi Alimova R.A. tayyorladilar. 4- "A"sinf o'quvchilari g'olib deb topildi. G'oliblarga sovg'alar topshirildi. Fotolavha
Sirk tomoshasida 05.01.2012 09:13
Maktabimiz oquvchilari sirk tomoshasida qatnashgan har xil hayvonlar oyinini, turli xil janrda or mahoratini namqish qilgan artislarni qizqin rutib oldilary. Bolalar bunday ajabtoour chiqishlar maroq bilgan qildilar. Fotolavha
Shaxmat boyicha 02.01.2012 09:10
Maktabimiz oquvchilari 10 yoshgacha bolgan oqil bolalar ortasida shaxmat boyicha otkazilgan Fargona viloyati birinchiligida qatnashdilar. 1 "В" sinf oquvchisi Yan Sergey faxrli 4 - orinni eqlladi.
Fotolavha
Yanvar – tarix va huquq fanlari oyligi. 01.01.2012 09:10
Yanvar - tarix va huquq fanlari oyligi.
3 – dekabr Xalqaro norgironlar kuni 03.12.2011 09:41
2 - dekabr kuni bizning maktab o'quvchilarimiz !Muruvvat uyi"ga borishdi. O'z - o'zini boshqarish a'zolari "Muruvvat" xayriya ehsonini o'tkazishdi. Barcha sinf o'quvchilari o'yinchoqlar, kiyim - kechak, shirinlik, mevalar xadya qilishdi. 3 "A" va 3 "B" sinf o'quvchilari, Mamarizaeva A.N., va Xasanova N.A. sinf rahbarlari bilan 37 - sonli "Marg'ilon nogiron bolalar uyi"ga borishdi. O'quvchilar har bir bolalar guruhlari bilan tanishib ularga esdalik sovg'alarini berishdi. Farg'ona shahar "Muruvat uyi"ga har bir sinfdan bittadan o'quvchi borib, o'zlar keltirgan sovg'alarini topshirishdi. "Muruvvat uyi"da ishlayotgan katta tarbiyachisi Kim L.N. o'quvchilarimizga u yerdagi tartib haqida so'zlab berdi.O'quvchilar og'ir kasal bolalar bilan har kuni mashg'ulotlar olib borilishini bilib oldilar.Keyin u tarbiyalanuvchilar yashayotgan sharoitlarini ko'rsatib berdi. Ularning hayotlari haqida o'quvchilar ko'p savollar berishdi. "Muruvvat uyi" rahbari o'quvchilarimizni "Jonli burchak" borligi va u bilan tanishtirdi. Bu "Jonli burchak"da kabutarlar, quyonlar, o'rdaklar va qo'ylar boqilayotganini ko'rishdi. Bu "Muruvvat uyi"ga homiylar tomonidan nogiron bolalar uchun sport maydonchasi, amfiteator, bolalar maydonchasi, bolalar xovuzi qurilganligi o'quvchilar e'tiborini tortdi.
Bolalr uyi rahbariyatlari o'quvchilarimizga o'z minnatdorchiliklarini ishor etdilar..
3 - dekabr kuni o'z - o'zini boshqarish a'zolari va "Kamolot" yetakchisi Akbarov B.M. "SHodiyona" mahallasida istiqomat qiluvchi nogironlar: Xoshimov Akbar (Ok yul 2 proezd, dom 9), Balandina (Ok yul, 60), Malikov (Ok yul, 80/1), Abduxalimova (S.Temura 245 V, kv.23), Giyosova Moxira (S. Temura 245 V, kv.25), Abdujalilov Asilbek (S Temura 245 G, kv.13) lar holidan habar olib, ularga maktab nomidan moddiy yordan berdilar.
Fotolavha
"Xalqaro OITSga qarshi kun" 01.12.2011 09:45
Bizning majmuamizda "Xalqaro OITSga qarshi kun" munosabati bilan aksiya bo'lib o'tdi. 1 - 9 sinflar o'rtasida devoriy gazetalar tanlovi bo'ldi. G'oliblar o'rni aniqladi: 1 - o'rin 7 "A" sinf, 2 - o'rin 9 "B" sinf, 3 - o'rin 7 "V" sinf va 5 "B" sinflar egallashdilar. 1 - 7 - sinflar o'rtasida ham rasmlar tanlovi o'tkazildi. G'oliblar: 1 - o'rinni To'xtasinova Diyora, va Li Albert(6 "V" sinf), 2 - o'rin Asqarova Mushtariy, 3 - o'rin Xodjaev S. Insholar tanlovida: 1 - o'rin Garieva Alina (9 "B" sinf), 2 - o'rin Tsoy Natalya (9 "B") va 3 - o'rin Karimova Zarnigor (9 "A" sinf). Har bir sinflarda "Biz OITSga qarshimiz" mavzusida sinf soatlari bo'lib o'tdi. 3 - "A" sinfda "Siz OITS haqida nima bilasiz?" nomli video lavha ko'rsatildi. 1 - dekabr kuni 9 "B", 8 "V", va 8 "B" sinf o'quvchilari OITS markaziga borishdi. O'quvchilarimiz ma'ruza o'qishdilar, o'quvchilarimiz "Siz OITS haqida bilasizmi?" savol va javobda qatnashdilar. Barcha savol va topshiriqlarda faol ishtirok etdilar; laboratoriya markazi va qabul qilish honasi bilan tanishdilar. Mutahasislar bilan o'quvchilarimiz davra suhbati o'tkazdilar. Suhbatga doir hujjatli film tomosha qildilar. Sayohat yuvori sinflar uchun juda qiziqarli va esda qolarli bo'ldi.
Fotolavha
«Brey ring» 23.11.2011 12:26
Majmuamizning 7 - sinflar o'rtasida "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini bilasizmi?" mavzusida "Brey ring" o'tkazildi. Berlashuv 6 bosqichda: Tayorlov, "Nima degan so'z", "Kim birinchi", guruhlarda ishlash, sardorlar berlashuvi, "Madhiyani to'g'irlang". Berlashuvda 7 "A" sinf o'quvchilari g'olib bo'lishdi.
Fotolavha
Rus adabiyoti kechasi 22.11.2011 12:25
Bugun majmuamizga rus drama teatridan mehmonlar "Rus adabiyoti kechasi"ni o'tkazdi. O'quvchilar 19 - 20 asrlarda ijod qilgan yozuvchilar bilan tanishdi. Bu kechada yozuvchilar: S.Esenin, M. TSvetaeva, A.S.Pushkin, N.V.Gogol va boshqa yozuvchilarni ijodlari bilan tanishdi. O'quvchilar A.P.CHexovni aktyorlar tomonidan chiqishi o'quvchilarni adabiyotga qiziqishini yanada oshirdi.
Fotolavha
Birinchi sinf o’quvchisiman 18.11.2011 12:24
Majmuamizda 18 - noyabr kuni birinchi sinf o'quvchilari "Birinchi sinf o'quvchisiman" ertaligini o'tkazdi. Birinchi sinf o'quvchilari o'zlarining katta ijodlarini namoish etdilar. Qo'shiqlar, she'rlar, o'yinlar - bularning hammasm esda qolarli bo'ldilar.
Fotolavha
Farg’ona shahar 40 – sonli IBMMsda o’tkazilgan umumiy ota – onalar yig’ilishi hisoboti 13.11.2011 13:10
Farg'ona shahar 40 - sonli IBMMsida 9 - sinflar o'rtasida umumiy ota - onalar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu ota - onalar yig'ilishida majmua direktori Akopdjanova G.A., ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Matkarimova M.U., ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rin bosari Atabaeva Z.B., majmua psixologi Qo'chqorova M.M., 9 - sinf rahbarlari, o'qituvchilar, ota - onalar, psixolog Mustofaev F.M., voyaga yetmagan yoshlar nazoratchisi Ortiqova F.D., FarDU qoshidagi3 - sonli akademik litsey o'qituvchisi Qo'chqorov O., sanoat kasb - xunar koledji o'qituvchisi SHerqulov R. lar ishtirok etdilar. Ushbu ota - onalar yig'ilishida 100 nafar ota - onalar ishtirok etdi. Umumiy ota - onalar yig'ilishini majmua direktori Akopdjanova G.A. ochib berdi va so'zni psixolog Mustofaev F.M.ga berdi. Psixolog Mustofaev F.M ota - onalarga o'z farzandlari bilan qanday muloqot olib borish kerakligini va o'zing ko'pgina maslaxatlarini bayon etdi. psixolog Mustofaev F.M ga ota - onalar o'zlarining qiziqtirgan savollarini berdilar. Voyaga yetmagan yoshlar nazoratchisi Ortiqova F.D. yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olishda tushuntirish ishlarini olib bordi va ota - onarni savollariga javob berdi.
FarDU qoshidagi 3 - sonli akademik litsey o'qituvchisi Qo'chqorov O., va sanoat kasb - xunar koledji o'qituvchisi SHerqulov R.lar o'zlarini ta'lim muassasisini yangiliklari va yo'nalishlarini tanishtirdilar. Ular ota - onalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Umumiy ota - onalar yig'ilishi yakunida majmua direktori Akopdjanova G.A.so'zga chiqdi va majmuamiz yangiliklari va o'qitish tizimi haqida ko'pgina ma'lumotlarni bayon etdi. Ota - onalarga o'z farzandlarini nazoratini yanada kuchaytirishni takidlab o'tdi.
Fotolavha
6 – 7 sinf o’quvchilari Qo’qon shahriga sayohati 04.11.2011 13:09
Majmuamizning 6 - 7 sinf o'quvchilari 4 - noyabr kuni tarixiy Qo'qon shahriga bordilar. Qo'qon shahrini "Osiyo tur" sayohat agentligidan Abdullaeva K. Qo'qon shahrini tanishtirib bordilar. Bizning o'quvchilar Qo'qon shahrining hozirda ko'pgina ijobiy o'zgarishlarini tomosho qildilar. O'quvchilar yangi qurilgan zamonaviy binolar, sayilgohlar, bog'lar bilan tanishdilar. O'quvchilar tarixiy Xudoyorxon muzeyida bo'ldilar. Sayohar juda qiziqarli va esda qolarli bo'ldi. O'quvchilar juda ko'p yangiliklar oldilar.
Fotolavha
Sahovat uyiga tashrif 02.11.2011 13:08
2 - noyabrt kuni maktab o'quvchilari sahovat uyiga tashrif buyurishdi. Majmuamizda o'tkazilgan "Sahovatli ish" aksiyasida tushgan mablag'ga "Sahovat uiy"dagilar uchun issiq kiyimlar va shirinliklar olindi va shu bilan birga estalik sovg'alari topshirildi. Majmua o'quvchilari o'zlarining kontsert dasturlari bilan chiqdilar.
Fotolavha
Страницы: 1 [ 2 ] [ 3 ] [ 4 ] [ 5 ] [ 6 ] -
- Bosh sahifa
- Direktor bilan suhbat
- Biz haqimizda
- Bizning tariximiz
- Voqealar
- Ustav
- Yangiliklar
- Bizning hamkasblarimiz
- Vasiylik kengashi
- Ma'naviy-ma'rifiy ishlar
- Metodik ishlar to'plami
- Bizning o’quvchilarimiz
- To'garaklar
- Ota-onalar uchun
- Kitoblar
- Ko’rik-tanlov va proektlar
- Bolalar bogchasi
- Rasm galereyasi
- Muloqot
- Bizga yozing
- Sayt Haritasi
